AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen GM Uzbekistan’ning yangi mahsuloti — Ravon Nexia R3’ning ruliga birinchilardan bo‘lib o‘tirdi. Bu haqda “V1.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, AQSh elchisi 12—15-aprel kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlariga safar qilgan. Andijonga tashrif davomida, Spratlen xonim GM Uzbekistan avtozavodida mehmon bo‘lgan.Zavod vakillari unga yangi Nexia’ni yaqindan tanishtirishgan, elchi avtomobil rulini boshqarishga ham muyassar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravon Nexia 2016-yilning ikkinchi choragidan seriyalab ishlab chiqarilishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Rossiyada bozorida 2016-yil iyulidan paydo bo‘lishi kutilayotgan avtomobil Andijon va Toshkent ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)