O‘zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich Filippin poytaxti Manila shahrida taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun o‘tkazilayotgan Osiyo saralash turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
-80 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Nikita dastlab hindistonlik, keyin esa iordaniyalik raqiblarini taslim etdi. Final bellashuvida esa o‘zbekistonlik taekvondochi Xitoy Taypeyi vakili Vei-Ten Liuni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Nikita Rafalovich Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Bugun, 17-aprel kuni qizlar o‘rtasida -67 kilogramm vazn tiofasida O‘zbekiston vakili Nigora Tursunqulova Olimpiada yo‘llanmasi uchun dayanga chiqadi.
Izoh (0)