Yaponiyaning Kyusyu orolida 7,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda mahalliy meteoxizmat ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Zilzila Yaponiya vaqti bilan 16-aprel, shanba kuniga o‘tar kechasi qayd etildi. Yaponiyaning yetti balli tizimi bo‘yicha uning kuchi 6 ballni tashkil etdi. Yerosti silkinishi epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda joylashdi. Orolda sunami xavfi e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Kyusyu orolida oldinroq sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)