KXDR 15-aprel tongida ballistik raketani muvaffaqiyatsiz uchirdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, bu uch ming kilometrdan ortiq uzoqlikka ucha oluvchi “Musudan” raketasi bo‘lishi mumkin.
Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh strategik qo‘mondonligi Shimoliy Koreya raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilganligini qayd etgan. Xabarda ta’kidlanishicha, raketaning uchirilishi Shimoliy Amerika hududiga tahdid solmagan.
Izoh (0)