Rejissor Jeyms Kemeron 2009-yilgi “Avatar”ning davomi bo‘ladigan yana to‘rtta filmni suratga olish haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda, The Verge nashri ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Nyu-Yorkdagi CinemaCon tadbirida Kemeron navbatdagi film, avval rejalashtirilganidek, 2016-yilda emas, 2018-yilda prokatga chiqishini ma’lum qildi. Undan keyingi qismlari taxminan 2020, 2022 va 2023-yillarda chiqadi.
“Bu murakkab va qiziqarli dunyoda namoyon bo‘ladigan epik saga bo‘ladi”, — dedi rejissor.
“Avatar” kino tarixidagi eng omadli film bo‘lib, u dunyo prokatida 2,8 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘plagan edi.
Izoh (0)