Rossiyaning Su-24 bombardimonchilari va vertolyoti ikki marta Amerikaning Boltiq dengizidagi betaraf suvlardagi “Donald Kuk” esminetsiga juda yaqin masofadan uchib o‘tdi, deya xabar bermoqda Meduza.
CNN telekanali ma’lum qilishicha, AQSh mudofaa vazirligida samolyotlar manyovri qanday tahdidni yuzaga keltirganini ko‘rsatish uchun hodisa aks etgan videoyozuvlar va fotosuratlarni chop qilish kerak yoki kerak emasligi masalasi muhokama qilinmoqda.
Su-24 samolyotlarida qurol-yarog‘ bo‘lmagan. Ular esminets palubasi ustidan hujum chog‘ida bo‘ladigan manyovrni bajargan holda uchib o‘tgan. Xavfli yaqinlashuvlardan biri esminets palubasidan Polsha qurolli kuchlari vertolyoti uchib ketmoqchi bo‘lganida sodir bo‘lgan. Parvozni bekor qilishga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)