2016-yilda AQSh iqtisodiyotidagi Xitoy investitsiyalari ikki barobarga oshib, 30 milliard dollargacha bo‘lgan rekord ko‘rsatkichga yetishi mumkin. Bu haqda, The Wall Street Journal gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
2015-yilda Xitoyning AQShdagi investitsiyalari 15 milliard dollar, 2014-yilda esa 11,9 milliard dollarni tashkil etgan edi.
Biroq yil boshida e’lon qilingan barcha kelishuvlar amalga oshirilgan taqdirdagina yangi rekordni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Ekspertlar investitsiyalar sur’ati allaqachon sekinlasha boshlaganligini ta’kidlamoqda. Bu xitoylik tadbirkorlarning Amerika aktivlarini xarid qilishdagi tanqidiy munosabati bilan bog‘liq. Gap shundaki, asosiy investitsiyalar kompaniyalarning birlashuvini ko‘zda tutadi. AQShdagi saylovoldi poygalarini hisobga olganda, bunday loyihalarning aksariyati siyosatchilarning e’tiborini jalb etadi.
Izoh (0)