Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 32-turning 10-aprel sanasidan joy olgan o‘yinlari start oldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Fiorentina” safarda “Empoli”dan 0:2 hisobida yengildi hamda 32-turda zafar quchgan “Inter”dan ochkolar bo‘yicha ortda qolishni boshladi.
Shu tariqa “Fiorentina”ning g‘alabasiz seriyasi olti o‘yinga yetdi. Jamoa so‘nggi bor 21-fevral kuni “Atalanta”ni taslim qilgandi. Qayd etish kerak, Florensiya shahri klubi “Empoli” bilan o‘z maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynagandi.
Italiya A seriyasi 32-tur bellashuvlari 10-aprel, yakshanba
“Empoli” — “Fiorentina” 2:0
Gollar: Manuel Puchcharelli, 41 (1:0). Pyotr Zelinskiy, 88 (2:0).“Napoli” — “Verona”“Sampdoriya” — “Udineze”“Torino” — “Atalanta”“Palermo” — “Latsio”
11-aprel, dushanba“Roma” — “Bolonya”
Izoh (0)