La Liga 32-turida “Real Sosyedad”dan 0:1 hisobida yengilgan “Barselona” Luis Enrike murabbiyligida birinchi bor chempionatning ketma-ket uch o‘yinida g‘alaba qozona olmadi. Bu haqda Championat xabar berdi.
Bunga qadar Kataloniya klubi 30-turda “Vilyarreal” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, 31-turda “Real”ga imkoniyatni boy bergandi. Bunday holat Luis Enrike “Barselona”ni boshqarib kelayotgan 2014-yilning yozidan buyon birinchi bor kuzatildi.
Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finaliga yaqin turgan “Barselona” La Ligada 76 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Atletiko” 73, “Real” 72 ochkoga ega.
Izoh (0)