“Gerta” — “Gannover” klublari o‘rtasidagi o‘yin bilan futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasida 29-tur bellashuvlari start oldi.
Bundesliga turnir jadvalida “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”dan keyin uchinchi bo‘lib turgan “Gerta” kutilmaganda autsayder klub qarshiligini sindira olmadi. Quyi ligaga tushib ketish uchun eng yaqin bo‘lib turgan “Gannover” 72-daqiqaga kelib g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Ivuarlik hujumchi Salomon Kaluning mavsumdagi 14-goli Berlin klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
29 ta o‘yinda 49 ochko jamg‘argan “Gerta” ta’qibchilaridan 4 ochkolik farq bilan o‘zib ketib, hamon uchinchi jamoa bo‘lib turibdi. “Gannover” esa o‘zidan oldingi klubdan 9 ochko ortda qolgani holda, so‘nggi o‘rindan joy olgan.
Bundesliga yetakchisi “Bavariya” bugun, 9-aprel kuni “Shtutgart” mehmoni bo‘lsa, turnir jadvalida ikkinchi pog‘onada borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi 10-aprel kuni “Shalke”ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
Germaniya Bundesligasi 29-tur bellashuvlari 8-aprel, juma
“Gerta” — “Gannover” 2:2
Gollar: Vedad Ibishevich, 3 (1:0). Artur Sobex, 18 (1:1). Manuel Shmidebax, 58 (1:2). Salomon Kalu, 72 (2:2).9-aprel, shanba“Ayntraxt” — “Xoffenxaym”“Verder” — “Augsburg”“Gamburg” — “Darmshtadt”“Ingolshtadt” — “Borussiya Myunxengladbax”“Shtutgart” — “Bavariya”“Volfsburg” — “Maynts”
10-aprel, yakshanba“Shalke” — “Borussiya Dortmund”“Kyoln” — “Bayer”
Izoh (0)