Turkiya janubidagi Uzumlu qishlog‘ida yashovchi erkaklar mahalliy ayollar ularga turmushga chiqishni istamaganligi uchun namoyishga chiqdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Uzumlulik ayollar qishloqda yashashni istamasdan, shaharga ko‘chib o‘tishni orzu qilganligi uchun qishloqdosh erkaklarga turmushga chiqishni xohlamaydi.
Namoyish ishtirokchilaridan biri nikoh qurishga tayyorligini ko‘rsatish maqsadida o‘z bannerida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qilgan. U agar uylansa, besh nafar farzandli bo‘lishga va’da bergan.
Qishloq meri Mustafo Bashbilanning so‘zlariga qaraganda, qishloqda yashovchi 233 kishidan 25 nafari 25—45 yosh oralig‘idagi yolg‘iz erkaklardir. Uzumludagi oxirgi to‘y to‘qqiz yil avval bo‘lib o‘tgan. Bashbilan mahalliy erkaklarning namoyishiga ijobiy yondashdi.
Izoh (0)