AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi erkak qoyaga chiqib, sevgan qiziga turmush qurishni taklif qilganidan so‘ng uni vertolyot yordamida qutqarishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Fox News xabar qildi.
27 yoshli Maykl Jon Pol Benks 180 metr balandlikdagi Morro qoyasiga ko‘tarilib, u yerdan sevgan qizi bilan videoqo‘ng‘iroq funksiyasiga ega FaceTime dasturi orqali gaplashdi. Sevgan qizi uning taklifiga rozi bo‘lgach, Maykl pastga tushishga urinib ko‘rdi, ammo tuzoqqa tushib qolganini tushundi.
O‘t o‘chirish xizmati vakili Todd Geylining so‘zlariga qaraganda, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganida yigit 24 metr balandlikdagi qiyalik chetida turardi. O‘t o‘chiruvchi vertolyotdan tross yordamida tushib, uni o‘ziga bog‘ladi va xavfsiz joyga yetkazdi.
Izoh (0)