AQSh davlat kotibi Jon Kerri e’lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa keldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Kerrining Bag‘dodda mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan uchrashishi va IShID guruhiga qarshi kurash masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kerri Xalqaro koalitsiya IShIDga qarshi kurashda muvaffaqiyatlarga erishayotganligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, IShID hududlarini qo‘ldan chiqargan va o‘tgan yilning mayidan buyon yangi hududlarni egallay olmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)