Nima bo‘ldi?
Nufuzli xalqaro tashkilot/korxonaga ishga kirmoqchisiz yoki chet el oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirmoqchisiz. Universitet yoki ish beruvchiga deyarli hamma narsa ma’qul, faqat IELTS ballingiz haqida ma’lumot berishni so‘rashyapti. Sizda esa nafaqat IELTS sertifikati, balki bu sertifikatni qo‘lga kiritish uchun zarur tayyorgarlik ham yo‘q. Xavotirlanmang — Fast and Easy nodavlat ta’lim muassasasi Sizga bu masalada yordam beradi.Fast and Easy?! U yerda nimani o‘rganaman?
Ingliz tilining barcha yo‘nalishlarida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan Fast and Easy nodavlat ta’lim muassasasi umumiy ingliz tili va IELTS bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Hozirgi vaqtda Fast and Easy bitiruvchilari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi ilg‘or milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi aksar oliy o‘quv yurtlarining talabalari ingliz tilining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini mukammallashtirish uchun aynan Fast and Easy xizmatlarini tanlamoqda. Shuningdek, korporativ ta’lim yo‘nalishida Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, “Davlat belgisi” ishlab chiqarish korxonasi, Summus Finis baholash tashkiloti, Magnit Finans Audit tashkiloti, NGS neft-gaz sohasida xizmat ko‘rsatish korxonasi hamda “Sherdav Himoya” yuridik firmasi kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.O‘qituvchilari yaxshimi?
Markazda ta’lim beruvchi o‘qituvchilar guruhi ingliz tilining barcha sohalarida chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lib, chet el hamda O‘zbekistonning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olgan yoshlardan tarkib topgan. Masalan, IELTS tizimi bo‘yicha dars beradigan o‘qituvchilar ushbu tizimda eng kamida 8 ballik sertifikatga ega tajribali mutaxassislardir.Nega boshqa bir o‘quv markaziga emas, aynan Fast and Easy’ga borishim kerak?
Birinchidan, haftasida besh marotaba 2 soatdan o‘tkaziladigan, maxsus dastur asosida tayyorlangan darslar yordamida ingliz tilini qisqa muddatda chuqur o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz. Ikkinchidan, Fast and Easy Sizning yalqovlik qilishingiz va sustkashlikka yo‘l qo‘yib, darslarni, berilgan topshiriqlarni bajarmasligingizga yo‘l qo‘ymaydi. Va, aksincha, o‘zining ilg‘or talabalarini turli ko‘rinishda muntazam rag‘batlantirib boradi. Uchinchidan, Fast and Easy mutaxassislari oliy o‘quv yurtlarini tanlash hamda o‘quv tizimini individual talablarga moslashtirish yuzasidan o‘z talabalariga bepul professional konsultatsiya beradi. Bundan tashqari, har shanba Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yetakchi o‘qituvchilari ishtirokida workshop tashkil qilinadi va bu Fast and Easy’da ingliz tili o‘rganuvchilar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklarning bir qismi, xolos.Kimdir Fast and Easy’da o‘qib, IELTS bo‘yicha yaxshiroq ball olganmi?
Albatta! Masalan, Erkin Ro‘ziyev, Muhammad Ali Toshboyev, Dildora To‘xtamisheva — IELTS’dan 7,5 ball olgan Fast and Easy talabalarining kichik bir guruhi. Erkin Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida, Muhammad Ali esa Toshkentdagi Turin politexnika universitetida tahsil olmoqda. Dildora esa ta’limni grant asosida chet elda — Italiyada davom ettirmoqda.Muhammadjon Mahmudov, Islombek Hasanov va Shahnoza Shamsiddinova esa IELTS’dan 8 ball olgan talabalardan. Shahnoza ayni vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qimoqda. E’tiborli tomoni, 2014-yil Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga grant asosida ikkinchi o‘rinni egallab o‘qishga kirgan Muhammadjon hozirda Fast and Easy o‘quv markazida dars ham bermoqda.Yo‘q, birgina IELTS’ni o‘rganish uchun Toshkentga bora olmayman...
Bu muammo emas! Fast and Easy’ning nafaqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, balki Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham filiallari bor. Ularda yaratilgan shinam sharoit va yoqimli muhit IELTS imtihonlariga zo‘r tayyorgarlik ko‘rish uchun faqat va faqat rag‘bat uyg‘otadi.Fast and Easy NTM bosh ofisi va filiallari manzillari
Bosh ofis (Yunusobod filiali)
Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 62-uyMo‘ljal: “Minor” metro bekatiTelefon: (+998-95) 145-04-11 / (+998-90) 998-39-00Uchtepa filiali
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 11-dahaMo‘ljal: Uchtepa soliq inspeksiyasiTelefon: (+998-94) 605-11-08 / (+998-90) 963-30-96Chirchiq filiali
Chirchiq shahri, Navoiy, Atsipenko ko‘chasi, 2-uyTelefon: (+998-93) 973-77-79 / (+998-70) 716-34-62Samarqand filiali
Samarqand shahri, Bog‘i shamol mavzesi, “Sharqoniy Samarqand”Mo‘ljal: “Sifat” do‘koniTelefon: (+998-90) 250-50-52 / (+998-91) 166-96-97
Kattaqo‘rg‘on filiali
Kattaqo‘rg‘on shahri, 13-maktabMo‘ljal: Eski shaharTelefon: (+998-93) 726-65-55 / (+998-90) 502-65-55Farg‘ona filiali
Farg‘ona shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 29-A uy.Mo‘ljal: “Nurhon” kinoteatriTelefon: (+998-91) 650-48-00 / (+99891) 650-84-00Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Fast and Easy NTM xizmat ko‘rsatadi