Beeline 20-aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan va bir necha mamlakatdan kelgan ma’ruzachilarni jamlaydigan USENET 2016 xalqaro digital-konferensiyasining bosh hamkoriga aylandi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “O‘zbekiston telekom sohasining yetakchisi sifatida Beeline o‘zini yaxshi tavsiya qilgan USENET konferensiyasi kabi ilg‘or tashabbuslarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Mamlakatimiz va chet el IT-sohasining yetakchi ekspertlari orasidagi muloqot va tajriba almashish uchun yaratilgan maydonni qo‘llab-quvvatlash imkoni borligidan mamnunmiz, bundan tashqari O‘zbekistonning digital-ekotizimi barpo etilishida salmoqli hissamizni qo‘shishni mo‘ljallamoqdamiz, chunki kelajakning raqamli iqtisodiyoti — bu nafaqat texnologiyalar, balki innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlarni tayyorlashda insonlarning, USENET kabi tadbirlarning muhimliligidir”.
O‘tgan yillardagi kabi, konferensiyani Ledokol Group kompaniyasi tashkillashtiradi. Bosh information homiy — Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi, strategik hamkor — UZINFOCOM axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi.
“Bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Beeline’dan minnatdormiz, ishonamanki, uzoq tanaffusdan so‘ng USENET yangi sifat darajasiga ko‘tarilishiga ishonchim komil, – deydi Ledokol Group direktori Dilshod Muzaffarov. – Muhit o‘zgardi, global bozorda ishlayotgan va ishlashga tayyor bo‘lgan professionallarning yangi avlodi yetishib chiqdi. O‘zbekistonlik qator startaplar xalqaro darajada tan olindi va mazkur ijobiy jarayonlarga biz yangi turtki bera olamiz, deb ishonaman”.
Eslatib o‘tamiz, bungacha 2011- va 2012-yillarda Toshkentda USENET konferensiyalari o‘tkazilgan. Internetda biznesni rivojlantirish, videoreklama, messenjerlar, ijtimoiy media, SMM, reklama bozorining monitoring va o‘lchovlari, elektron savdo, internet-OAV va muvaffaqiyatli startaplar USENET 2016 asosiy mavzulari bo‘ladi. Tafsilotlar — http://usenet.uz/ saytida.
Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi