Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining +91 kilogramm vazn toifasida final bellashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Unda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ivan Dichkoga qarshi bahs olib borib, 0:3 (28:29, 27:30, 27:30) hisobida imoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Bahodir Jalolov finalga qadar xitoylik Xaypeng Mu va eronlik Abdulmajid Sepaxvandini mag‘lubiyatga uchratib, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Sian Andagi boks turnirida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg), va Elshod Rasulov (-81 kg) oltin medalga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)