Hindiston sharqidagi Kalkutta shahrida qurilayotgan ko‘prikning qulab ketishi oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Yana o‘nlab kishilar vayronalar ostida bo‘lishi mumkin. Bu haqda ANI agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa 31-mart, payshanba kuni tongda Kalkutta shimolidagi Girish Park tumanining aholi gavjum Bara Bazar hududida yuz berdi.
Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Guvohlarning ta’kidlashicha, vayronalar ostida 100 ga yaqin odam bo‘lishi mumkin. Ba’zilarning ta’kidlashicha, ko‘prik qulashidan avval portlash ovozi eshitilgan.
Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, ko‘prik ostida yong‘in boshlangan, chunki u yerda yonilg‘i sisternalari bo‘lgan.
Izoh (0)