Bryusseldagi terakt qurbonlari soni shifoxonalardagi to‘rt nafar yarador vafot etgandan so‘ng, 35 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Maggi de Blokning ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“To‘rt nafar bemor shifoxonalarda vafot etdi. Shifokorlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Qurbonlarning jami soni 35 nafarga yetdi”, — deb yozdi vazir Twitter’dagi sahifasida.
Ma’lum qilinishicha, aeroport va metrodagi portlashlarda 31 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana to‘rt kishi shifoxonalarda vafot etgan. Bu ro‘yxatga uch nafar xudkush kiritilmagan.
Terakt natijasida halok bo‘lganlar Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya va AQSh fuqarolari bo‘lgan.
Izoh (0)