Suriya armiyasi bo‘linmalari o‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq otryadlari ko‘magida Tadmor shahri yaqinidagi barcha strategik balandliklarni egallab oldi, deb yozadi “TASS”. Ushbu shahar tashqarisida Palmira me’moriy-tarixiy majmuasi joylashgan.
Armiya qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, ushbu hududda Suriya harbiy-havo kuchlari IShID terrorchilik guruhining istehkomlariga havodan zarbalar bermoqda. Har bir balandlik uchun Suriya qo‘shinlari ekstremistlar bilan astoydil janglar olib bormoqda.
Shu bilan bir vaqtda armiya otryadlari aviatsiya ko‘magida IShID jangarilariga moddiy yordam yetkazishda foydalanilgan Tadmor—As-Suxna yo‘lini yopib qo‘ydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)