Bobur xalqaro jamoat fondi Hirotda joylashgan musavvir Kamoliddin Behzod maqbarasini tiklash bo‘yicha ish olib bormoqda. “Shov-shuv.uz” sayti maqbara ustida olib borilayotgan ishlar aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Avvalroq Bobur xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov 2015-yil yozida Hirotda Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani, shu asnoda Hirot viloyati voliysi Muhammad Osif Rahimiy bilan uchrashgani va unda Kamoliddin Behzod maqbarasini tiklash borasida ham fikr almashilganini ma’lum qilgandi.
Zokirjon Mashrabov “Ma’naviy hayot” jurnalining 2015-yil 4-soniga bergan intervyusida Kamoliddin Behzod maqbarasining loyihasi chizilayotgani, sangtarosh usta Tohirjon Rahimov esa sag‘ana toshini tayyorlashni boshlab yuborganini aytib o‘tgandi.
“Kamoliddin Behzod maqbarasini qayta tiklash ishlarini 2016-yilning birinchi yarmida yakuniga yetkazmoqchimiz”, — degandi Bobur xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov “Ma’naviy hayot” jurnaliga bergan intervyusida.
Izoh (0)