Belgiya poytaxti Bryussel aeroportidagi portlashlar oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod kishi yaralangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sky News telekanalining bildirishicha, ikki portlash aeroport uchish zalining American Airlines aviakompaniyasi ro‘yxatga olish ustuni yaqinida sodir bo‘lgan. Aeroport faoliyati to‘xtatilgan va to‘liq qurshab olingan. Aeroport yo‘nalishida ketayotgan samolyot va transport harakati ham to‘xtatilgan.
Havo qo‘nalg‘asiga politsiya kuchlari, o‘t o‘chirish va tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan. Aeroport terminalining oynavand fasadi qisman vayron bo‘lgan, singan oynalar orasidan tutun ko‘tarilmoqda. U yerdagi yo‘lovchilar evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)