Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyati Tarragona provinsiyasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan talaba qizlarning fuqaroligi aniqlashtirildi, deb xabar berdi Sky News.
YTH oqibatida 13 talaba qiz halok bo‘ldi. Ulardan yetti nafari italiyalik, ikki nafari germaniyalik edi. Shuningdek, qurbonlar orasida bir nafardan Fransiya, Ruminiya, O‘zbekiston va Avstriya fuqarolari borligi aniqlandi.
Qizlar 19–25 yosh orasida edi.
Kataloniya ichki ishlar vaziri Xordi Xanening so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlarning oilalari xabarni eshitib, Ispaniyaga yo‘l olgan.
Izoh (0)