Yevropa futbol ittifoqi (UEFA)ning Tartib-intizom qo‘mitasi Angliyaning ikki jamoasi – “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ga nisbatan Yevropa Ligasi 1/8 final javob o‘yinidan so‘ng ish ochdi. Bu haqda UEFA rasmiy saytiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
UEFA “Manchester Yunayted”ga o‘yin vaqtida klub muxlislarining uyushtirgan tartibsizligi, tribunalardan ortiqcha predmetlar uloqtirishi va stadiondagi zinalarni yopib qo‘yganligi uchun e’tiroz bildirdi. “Liverpul”ga esa ushbu jamoa muxlislari taqiqlangan qo‘shiqlar kuylagani, ortiqcha predmetlarni maydonga uloqtirib, pirotexnika vositalaridan foydalangani va ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqargani uchun UEFA tomonidan e’tiroz bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” jamoasi “Manchester Yunayted” klubini Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, javob o‘yinida 1:1 hisobi qayd etildi va “Liverpul” musobaqaning chorak finaliga chiqdi.
“Liverpul”ning chorak finaldagi raqibi Dortmundning “Borussiya” klubi bo‘ladi.
Izoh (0)