18-mart, juma kuni Toshkentdagi “Jo‘rabek” jome’ masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida ulamolar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev hamda faxriy imomlar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Yashnobod tumanida joylashgan “Jo‘rabek” jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Endilikda masjidning yangi binosi qad ko‘taradigan bo‘ldi.
Yangi bino xonaqohi 650 o‘ringa mo‘ljallangan. Masjid bitta minora, gumbaz va muhtasham ayvonlardan iborat loyiha chizmasi asosida barpo etilmoqda.
Izoh (0)