1-apreldan Toshkent aholisi uchun suv ta’minoti xizmati yangi tariflar bo‘yicha hisoblanadi. Bu haqda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu elektr energiyasi va boshqa manbalar narxining oshishi bilan bog‘liqdir.
Markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimi va kanalizatsiyaga ega xonadonlar uchun yangi tarif hisoblagich bilan 1 kubometr uchun 390 so‘m (hozir 370 so‘m, o‘sish — 5,4%), hisoblagichsiz kishi boshiga 4767,81 so‘m (hozir 4516,88 so‘m, +5,5%) deb belgilandi.
Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 280 so‘mni (hozir 265 so‘m, +5,7%), kanalizatsiyasiz 170 so‘mni (hozir 160 so‘m, +6,3) hamda hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 4318,71 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh (0)