Yevroittifoq hukumati Yevropa banklariga murojaat qilib, Rossiyaning jami 3 milliard dollarlik obligatsiyalarini sotib olmaslikni so‘radi, deb yozadi Meduza Financial Times’ga tayanib.
Nashr ta’kidlashicha, rasman obligatsiyalarni xarid qilish Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga zid emas, ammo YeI banklar shu tariqa Rossiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashini istamayapti.
“YeI hukumati bizning bunda ishtirok etishimizni istamayotgani aniq. Bizga Rossiya obligatsiyalarini sotib olmaslik tavsiya etilmoqda”, — dedi tavsiyalar bilan tanish bo‘lgan bank xodimlaridan biri.
Izoh (0)