2016-yilning 1-aprelidan “Toshissiqquvvati” korxonasi Toshkent shahri aholisi va tashkilotlari uchun issiq suv narxini 9 foizga oshiradi. Bu haqda “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” gazetalaridagi e’longa tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Issiq suv ta’minotining yangi tarifi aholi uchun hisob uskunasi bo‘lgan taqdirda kubometriga 3459,9 so‘mni (amaldagi tarif — 3174,05 so‘m), hisoblagich o‘rnatilmagan taqdirda kishi boshiga oyiga 13511,73 so‘mni (amaldagi tarif — 12395,4 so‘m) tashkil qiladi. Umumiy dushxonaga ega yotoqxonalarda narx kishi boshiga 10051,42 so‘mga yetadi (amaldagi narx — 9220,98 so‘m).
Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov narxi kvadrat metrga 1073,06 so‘mdan 1169,7 so‘mga ko‘tariladi.
Ulug‘bek qo‘rg‘oni aholisi va korxonalari uchun tariflar ham oshiriladi: kubometriga — 2903,45 so‘m, hisoblagichsiz — kishi boshiga 9311,63 so‘m, isitish tizmi — kvadrat metrga 1239,29 so‘m.
Bunga qadar tariflar 2015-yilning oktabr oyida ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)