Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan ExoMars Rossiya-Yevropa missiyasining ikki apparati bilan “Proton-M” tashuvchi raketasi start oldi. Missiyaning uchirilishi “Roskosmos” sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi, deb xabar beradi Meduza.
ExoMars missiyasi doirasida “Proton-M” Schiaparelli apparati va Trace Gas Orbiter orbital modulini fazoga olib chiqishi kerak. ExoMars Marsni tadqiq etish loyihasi bo‘lib, “Roskosmos” va Yevropa kosmik agentligi (ESA) hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)