Braziliya prezidenti Dilma Russeff siyosiy raqiblari talabiga qaramay iste’foga chiqmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“O‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’fo berish varianti menga to‘g‘ri kelmaydi. Menga qarshi harakatlar uchun asos yo‘q. Qiyinchiliklarga dosh bermay, ortga chekinishni istamayman”, — deya ta’kidlagan davlat rahbari.
Shuningdek, Russeff mamlakatning sobiq rahbari Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan ayblov e’lon qilinishiga ham o‘z munosabatini bildirdi. “Prokuraturaning harakatlari mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bu adolatsizlik, mamlakatimiz bunga xotirjam munosabat bildirishini tasavvur etish qiyin. Lula da Silva hukumatimda biror bir lavozimni egallaganida bundan faqat faxrlangan bo‘lardim”, — deya izoh bergan Russef.
13-mart, yakshanba kuni muxolifat vakillari prezident Dilma Russeff iste’fosi va davlat rahbarining siyosiy ustozi hisoblanadigan Lula da Silvaga nisbatan batafsil aksilkorrupsiya tekshiruvi o‘tkazilishini talab etib, butun mamlakat bo‘ylab aksiyalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)