O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va turkiyalik Junayt Chaqir Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining futbol turniriga so‘nggi yo‘llanmani beruvchi AQSh va Kolumbiya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi.
Joriy yilning 25-mart kuni, Kolumbiyaning Barrankilya shahrida bo‘lib o‘tadigan dastlabki o‘yinni Junayt Chaqir boshqarib boradi. 29-mart, seshanba kuni AQShning Frisko shahrida bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini esa Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga topshirildi.
Kolumbiya U-23 — AQSh U-23
25-mart, BarrankilyaBosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)
Hakam 1-assistenti: Orkun Oqtosh (Tukriya)
Hakam 2-assistenti: Chem Satman (Turkiya)
To‘rtinchi hakam: Husayin Gochek (Turkiya)
Nazoratchi: Massimo Busakka (Shveysariya)
AQSh U-23 — Kolumbiya U-23
29-mart, FriskoBosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
Hakam 1-assistenti: Abduhamidillo Rasulov (O‘zbekiston)
Hakam 2-assistenti: Jahongir Saidov (O‘zbekiston)
To‘rtinchi hakam: Sherzod Qosimov (O‘zbekiston)
Nazoratchi: Manuel Navarro (Shveysariya)
Izoh (0)