O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 10-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2861 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 1-martdagi kursga nisbatan 5 so‘m 4 tiyinga ko‘p.
10-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3146 so‘m 64 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 64 so‘m 78 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 439 so‘m 81 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 3 so‘m 54 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 39 so‘m 10 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 6 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)