Eron harbiy o‘quv mashqlari doirasida ballistik raketalarni bir necha marta sinov tariqasida uchirib ko‘rdi, deya xabar bermoqda Meduza Islom inqilobi posbonlari korpusiga tayanib.
Tehron yangi sinovlarni AQSh Eronning ballistik raketalar yaratish dasturiga aloqador kompaniya va amaldorlarga qarshi sanksiyalar e’lon qilganidan ikki oy o‘tib, amalga oshirdi.
Amerika sanksiyalari Eron 2015-yil oktabrida o‘rta masofaga parvoz qiladigan “Emad” raketalarini uchirganidan so‘ng joriy etilgan edi.
Bayonotda aytilishicha, sinovlar “Eronning daf qilish kuchlarini, shuningdek, islom respublikasining davlat va mamlakat suverenitetiga nisbatan har qanday xavflarga qarshi turish qobiliyatini ko‘rsatib berdi”.
Izoh (0)