Bortida 4 kishi bo‘lgan An-26 samolyoti Bangladesh qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchrashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
True Aviation kompaniyasi boshqaruvida bo‘lgan samolyot 9-mart, chorshanba kuni, mahalliy vaqt bilan 9:30 (Toshkent vaqti bo‘yicha 09:00) da halokatga uchragan va dengizga qulagan. Havo kemasidan Koks-bozor va Jessor shaharlari oralig‘ida mayda qisqichbaqa tashish uchun foydalanilgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bortida faqat mahalliy fuqarolar bo‘lgan. Ikki kishi mahalliy baliqchilar tomonidan qutqarilgan va kasalxonaga jo‘natilgan. Ulardan biri o‘sha yerda vafot etgan, boshqasi esa og‘ir holatda ekanligi aytilmoqda. Bedarak yo‘qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)