Tunisning Liviya bilan chegarasi yaqinidagi Ben-Gerdan shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida kamida 35 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Yana yetti nafar jangari qo‘lga olingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar va milliy mudofaa vazirliklarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
Operatsiya chog‘ida 7 nafar tinch aholi vakili va 10 nafar kuch tizimi xodimlari ham halok bo‘lgan.
Mamlakat xavfsizlik xizmatlari Tunisga suqilib kirgan jangarilarni tor-mor etish uchun qo‘shimcha kuchlar, shuningdek, vertolyotlarni safarbar etmoqda. Ras-Jdir va Vazen-Dexiba nazorat-ruxsat berish punktlari yopib qo‘yilgan. Ben-Gerdan shahri aholisiga xotirjamlikni saqlash va uylarini tark etmaslik, joriy etilgan komendantlik soatiga rioya etish tavsiya etilgan.
Izoh (0)