Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilishiga harakat qilib kelgan neyroxirurg Ben Karson saylovoldi poygasidan chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Men prezidentlik kampaniyasini tark etmoqdaman”, — dedi u 4-mart, juma kuni Merilend shtatidagi konservativ faollar siyosiy konferensiyasida qilgan chiqishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning o‘rniga AQShning xristian aholisini saylovga jalb qilish bilan shug‘ullanadigan jamoat tashkilotiga rahbarlik qila boshlaydi.
“Meni yaxshi ko‘radigan ko‘p odam bor, lekin ular shunchaki men uchun ovoz bermaydi”, — dedi Karson.
Izoh (0)