Toshkentdagi Trend supermarketi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda savdo muassasining Facebook’dagi sahifasida hazilomuz tarzda xabar qoldirilgan.
Supermarketda savdo 1-martdan to‘xtadi. Hozircha majmuada oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to‘xtatilgan.
Buning sabablarini aniqlash maqsadida “Darakchi” nashri muassasa ma’muriyati bilan bog‘langanida, mazkur holat vaqtinchalik ekanligi haqida ma’lumot berilgan.
Qayd etish joiz, Facebook’dagi hazilomuz xabarga yulduzlardan yasalgan savat surati ham ilova qilingan bo‘lib, ba’zi foydalanuvchilar bunda Trend o‘rnini “Korzinka.uz” tarmog‘i egallashi ehtimolini ko‘rgan.
Next hamda Vega savdo-ko‘ngilochar majmualari ichida joylashgan supermarket 2013-yilning dekabridan faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh (0)