Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2016-yilning fevral oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rniga nisbatan uch pog‘ona pasayib, 74-o‘rindan joy oldi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 484 ochko mavjud. Osiyoda O‘zbekiston 7-o‘rinda bormoqda. Qit’ada peshqadamlikni Eron terma jamoasi saqlab qolgan. Keyingi o‘rinlarni Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA va Avstraliya jamoalari egallagan.
44. Eron 62756. Yaponiya 57557. Janubiy Koreya 56660. Saudiya Arabistoni 56264. BAA 51767. Avstraliya 50674. O‘zbekiston 48480. Qatar 44182. Iordaniya 41491. Iroq 37194. KXDR 356132. Bahrayn 269135. Filippin 263175. Yaman 112
FIFA reytingini esa hamon Belgiya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ular hisobida 1506 ochko mavjud. Kuchli uchlikdan Argentina va Ispaniya termalari joy olgan.
- Belgiya – 1506 ochko
- Argentina – 1547
- Ispaniya – 1374
- Germaniya – 1355
- Chili – 1307
- Braziliya – 1254
- Portugaliya – 1234
- Kolumbiya – 1215
- Angliya – 1112
- Avstriya – 1095