Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Osetiya rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchini tayinladi, deb yozadi Meduza. U respublika hukumati raisi Vyacheslav Bitarov bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Osetiya respublikasi rahbari Tamerlan Aguzarov 19-fevral kuni Moskvada 53 yoshida vafot etgan edi. Rossiya prezidentining Shimoliy Osetiya rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turuvchini tayinlash to‘g‘risidagi farmoni imzolanguncha mintaqani respublika bosh vaziri Vyacheslav Bitarov boshqarib turgan edi.