“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Gus Xiddink “Manchester Yunayted” klubi ustozi Lui van Galning “Arsenal”ga qarshi (3:2) o‘yinda to‘rtinchi hakam oldida yiqilib bergan holatiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Lui van Gal jismoniy tarbiya o‘qituvchisi kasbini o‘zlashtirgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki, bu kasbda dzyudo texnikasi o‘rganiladi. U maydon chetiga osongina yiqildi. Men dzyudoga borganman va uning harakatlarini takrorlashishim mumkin, biroq bunday qilmayman. Men qora belbog‘ sohibi emasman. O‘zim deyarli jigar rang belbog‘ sohibi bo‘lganman. Bu ham yuqori natija. Meni ham jismoniy tarbiya kasbiga o‘rgatishgan. Barcha sport turlaridan saboq olish yoqardi”, — deydi Xiddink.
Izoh (0)