Aktyor Mark Raylens rejissor Stiven Spilbergning “Ayg‘oqchi ko‘prigi” filmidagi ijrosi uchun ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Nominatsiya bo‘yicha uning raqiblari Tom Xardi (“Omon qolgan”), Kristian Beyl, Mark Ruffalo (“Diqqat markazida”), Silvestr Stallone (“Krid: Rokki merosi”) edi.
Mukofotni topshirishning 88-tantanali marosimi ABC telekanali orqali namoyish qilinmoqda.
Izoh (0)