• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Rayhonning 2016-yilgi konserti: plyus va minuslar

    23-fevral kuni xonanda Rayhonning “Istiqlol” san’at saroyidagi 27-fevralga qadar davom etadigan konsert dasturi boshlandi. Konsertning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad shou-dasturning yutuq va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

    Foto: Afisha

    Foto: Afisha

    Plyuslar

    • “Bunyodkor” metrosidan chiqishingiz bilan “Rayhonning konsertiga ortiqcha chiptalar bo‘lsa, olib qolamiz”, deb yurgan “ochiq osmon ostidagi kassirlar”ni ko‘rib, “Rayhonning shousiga biletlar talash ekan”, degan fikrga borish mumkin. Bunday “kassirlar”ni Ozodbek Nazarbekov, Shahzoda, Botir Qodirov kabilarning konsertlari vaqtida ham ko‘rganmiz, lekin ular asosan saroy oldida bo‘lardi, Rayhon konserti uchun esa “kassa” metroga qadar cho‘zilibdi.
    • Rayhonning Misr malikalari ko‘rinishida yuqoridan tushib kelishini muxlislar davomli qarsaklar bilan kutib oldi. Raqqosalarning har bir raqsga puxta tayyorgarlik ko‘rganliklari va Rayhon ularga munosib boshchilik qilganini e’tirof etish joiz — biror joyda nomiga bo‘lsa-da adashish bo‘lmadi.
    • Rayhon “Istiqlol” san’at saroyidagi konsert dasturlariga yangilik olib kirdi — Rayhon kiyim almashtirish uchun g‘oyib bo‘lganida, so‘zni boshlovchi, qiziqchi, kulgu jamoalari yoki shunga o‘xshagan boshqa chiqishlarga bermadi, aksincha, sahnaga o‘rnatilgan katta monitorda uning qo‘shiq va videolari ketma-ket berib turildi.
    • Rayhon bu galgi shouda aksariyat qo‘shiqlarini jonli kuylashni rejalashtirayotgani haqida oldindan aytgan edi. Sahnada 5-6 cholg‘uchi va 2 bek-vokalga ko‘zimiz tushdi. Ko‘plab taronalar jonli kuylangani ham oydinlashdi. Ba’zi qo‘shiqlar fonogrammada, ba’zilari to‘laligicha jonli kuylandi.
    • Shou-dasturning nafaqat har daqiqasi, balki har soniyasi hisobga olingani tahsinga sazovor va bu oylab tinimsiz mehnat qilingani dalilidir.
    • “Javob ber” taronasidan keyin Rayhon yana sahnadan g‘oyib bo‘ldi. Katta ekranda esa baxtli, kulguli, zerikarli, kutilmagan yozuvlari ostida kelin va kuyovlarning har xil qiziqarli rasm va videolavhalari namoyish etila boshlandi. Shu vaqtda “Kelibdi” taronasi bilan o‘zbek to‘ylaridagi jarayonlar aks etgan video qo‘yildi. Bu videodan keyin Rayhon sahnada paydo bo‘lib, ilk bor singlisi Nasibaning to‘yida kuylagan “Kelinchak” qo‘shig‘ini ijro etdi. Undan so‘ng xonanda: “Dunyoda bolalarning qadriga yetmaydigan insonlar ham bor”, deya: “Bola — Xudoning sovg‘asi” nomli qo‘shiqni kuyladi.
    • “Gar sen yonimda bo‘lsang” taronasi va unga ishlangan raqs ham tahsinga loyiq. Shu qo‘shiqdan so‘ng Rayhon yana sahnadan yo‘qoldi, bu vaqtdagi raqqosalar tomoshasi va “og‘zida musiqa chaladigan yigit”ning ijrosi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu chiqish uchun olqishlar Rayhon chiqishlaridan ham yuqori bo‘ldi.
    • “Doimo yoningda men bo‘lay”, “Sen orzuga ishon”, “Qayerdasan” taronalariga ham ajoyib raqslar va dekoratsiyalar ishlangan. Soniyalargacha hammasi hisobga olinganini yana bir bor ta’kidlash joiz.
    • “Dilimo” qo‘shig‘ining taniqli xonandalar, muxlislar aytgan videolavhasi ekranda namoyish etilgan vaqtda Rayhon sahnada yo‘q edi, “yana kiyim almashtirmoqchi”, deb o‘ylashimiz bilan, u sahnada paydo bo‘lib, qo‘shiqni o‘zi kuyladi. “Dilimo” shouning so‘nggi qo‘shig‘i bo‘ldi.
    • Dastur 1 soat 37 daqiqa — 21:00 gacha davom etdi. Muxlislar shouni premerasi uzoq kutilgan film namoyishidek tomosha qilishdi. Bu shou ko‘p vaqt tillardan tushmasligi aniq. Kelasi yil dasturi 5 kun emas, 10 kun davom etsa ham ajablanmaslik kerak.

    Minuslar

    • Muxlislarning tartibsiz harakatlari sabab, “Istiqlol”ning ichiga kirish biroz mushkul bo‘ldi. Dastur 19:00 da boshlanishi kerak edi, ammo belgilanganidan 23 daqiqa kech boshlandi.
    • “O‘zbek” deb nomlangan qo‘shiqdan so‘ng Rayhon sahnani bo‘m-bo‘sh qoldirib, nisbatan uzoq vaqt g‘oyib bo‘ldi.
    Maqolada berilgan baholar, fikr va mulohazalar — muallifniki.Tahririyat fikri muallif fikridan farq qilishi mumkin
    24.02.2016, 17:56   Izoh (0)   49948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Guli Asalxo‘jayeva: Kelasi yildan opam bilan alohida-alohida konsert bermasak bo‘lmaydi

    24.02.2016, 15:10

    Boshlovchilar Oyxon Iforzoda va Shoh Alimovichning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi (foto)

    24.02.2016, 13:15

    Obid Asomov: O‘ylab qarasam, hozirgilardan ancha yaxshi hofiz ekanman

    24.02.2016, 12:14

    Oxus ansambli o‘zbek mumtoz musiqasi namunalaridan iborat dastur bilan Boltiq o‘lkalarida ijodiy safarda bo‘ldi (foto)

    24.02.2016, 11:16

    Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi

    23.02.2016, 12:22

    O‘zbekistonlik estrada ijodkorlari maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olmoqda

    23.02.2016, 11:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.