Fijidagi “Uinston” tropik sikloni oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq 20 kishining halok bo‘lganligi va yetti kishining bedarak yo‘qolganligi haqida ma’lum qilingan edi.
To‘fon xavflilikning eng yuqori, beshinchi darajasi bilan baholangan. Hukumat 30 kun muddatga tabiiy ofat rejimini joriy etilishini e’lon qildi. 22-fevral, dushanba kuni komendant soati bekor qilingan.
Mamlakat hukumatining vakili Evan Perrinning so‘zlariga qaraganda, 4,5 ming kishi istiqomat qiluvchi orolda juda kam bino qolgan.
Izoh (0)