Suriya prezidenti Bashar Asad shu yilning 13-aprel kuni Suriyada parlament saylovlarini o‘tkazish haqida farmon chiqardi. Bu haqda, SANA agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Asad tomonidan imzolangan 63-sonli farmonda saylov kuni sifatida 2016-yilning 13-apreli ko‘rsatilgan.
Suriyada parlament to‘rt yil muddatga saylanadi. Oxirgi saylovlar 2012-yilda o‘tkazilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya va AQSh Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgani xabar qilindi. Kelishuvga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 27-fevraldan boshlab kuchga kirishi kerak.
Izoh (0)