Misrda yashovchi to‘rt yoshli Mansur Qur’oniy sakkiz marotaba odam o‘ldirishga qasd qilish, davlat mulkiga ziyon yetkazish, harbiy va politsiyachilarga tahdid solish va madaniy yodgorliklarni vahshiylarcha vayron qilish jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda UNN agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hukm qabul qilgan sudya jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqmagan.
“Tergovda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lgan. Shunga qaramasdan, ular jinoyat ishini harbiy sudga yuborgan. Bolakay sud majlisida ishtirok etmagan. Unga nisbatan sirtdan hukm qabul qilingan”, ― dedi Mansurning advokati.
Yuristning ta’kidlashicha, rasmiylar Ahmad Mansur Qur’oniyni uning katta yoshli boshqa bir adashi bilan adashtirgan.
Izoh (0)