AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Samanta Pauer va uning fransiyalik hamkasbi Fransua Delattr Rossiya tomonidan BMT Xavfsizlik kengashiga Suriya bo‘yicha kiritilgan rezolyutsiya loyihasining kelajagi yo‘qligini bayon qildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Rossiya Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlarga chek qo‘yishni talab qilib, 19-fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashiga rezolyutsiya loyihasini taqdim qilgan.
Loyiha Xavfsizlik kengashining yopiq majlisida muhokama qilinadi.
Izoh (0)