Kecha, 18-fevral kuni Fransiya sudi Karim Benzemadan Fransiya milliy termasidagi sobiq jamoadoshi Matye Valbuena bilan muloqot qilish bo‘yicha qo‘yilgan taqiqni olib tashladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, prokuror bu qaror ustidan zudlik bilan apellyatsiya berdi. Uning apellyatsiyasi 4-mart kuni ko‘rib chiqiladi.
Shuni qayd etish joizki, sud qarori o‘z kuchida qolsa, “Real” hujumchisi Fransiya terma jamoasiga qaytishi va o‘z vatanida o‘tkaziladigan Yevropa chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema Valbuenani shantaj qilish ishi bo‘yicha hibsga ham olingandi. Keyinchalik Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Benzemani terma jamoadan chetlatgandi.
Izoh (0)