Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida o‘tkazilgan ilk uchrashuvda Portugaliyaning “Benfika” klubi o‘z maydonida Rossiyaning “Zenit” jamoasini qabul qildi. “Olamsport” saytining xabar berishicha, o‘yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan ilk daqiqada Jonas kiritgan gol “Benfika”ga g‘alaba keltirdi.
Kecha, 16-fevral o‘tkazilgan yana bir o‘yinda Fransiyaning “Pari-Sen-Jermen” klubi o‘z maydonida Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qildi. Bu o‘yinda ham maydon egalari bitta to‘p farqi bilan g‘alabaga erishdi. Zlatan Ibragimovich va Edison Kavanining gollariga Jon Obi Mikel bitta aniq zarba bilan javob qaytardi.
YeChL. 1/8 final. Dastlabki o‘yinlar
“Benfika” – “Zenit” 1:0Gol: Jonas, 90+1“Benfika”: Julio Sezar, Lindelef, Elizeu, Jardel, Andre Almeyda, Samaris, Gaytan, Renatu Sanchez, Mitroglu (Raul Ximenes, 63), Jonas, Pitssi (Karsela-Gonsales, 71).“Zenit”: Lodigin, Anyukov, Lomberts, Garay, Krishito, Shatov (Jirkov, 81), Dani Garsiya, Danni (Maurisio, 87), Vitsel, Xalk, Zyuba (Kokorin, 74).Ogohlantirishlar: Jardel, Andre Almeyda, Pitssi, Jonas – Krishito, Xavi Garsiya, Vitsel.Chetlatish: Krishito, 90.“PSJ” — “Chelsi” 2:1Gollar: Ibragimovich, 39, Kavani, 78 — Mikel, 45+1“PSJ”: Trapp, Markinyos, Silva, Luis, Maksvell, Verratti (Rabio, 81), Motta, Matyuidi (Pastore, 81), Di Mariya, Ibragimovich, Lukas Moura (Kavani, 74).“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Baba, Fabregas, Mikel, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 71), Kosta.Ogohlantirishlar: Ibragimovich, Lukas, Luis — Mikel, Pedro.
Izoh (0)