Dog‘iston janubidagi uchta tumanda aksilterrorchilik operatsiyasi tartibi joriy etilib, jangarilar qidirilmoqda. Bu haqda respublika tezkor shtabi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Moskva vaqti bo‘yicha 7:00 da Xivskiy, Tabasaranskiy va Suleyman-Stalskiy tumanlari ma’muriy chegaralarida aksilterrorchilik operatsiyasi tartibi joriy etildi”, — deyiladi xabarda.
Jangarilar va ularning sheriklarini qidirish ishlari amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Izoh (0)