O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 16-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2846 so‘m 63 tiyin etib belgilandi. Bu 9-fevraldagi kursga nisbatan 5 so‘m 3 tiyinga ko‘p.
16-fevraldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3209 so‘m 1 tiyin (9-fevraldagi kursga nisbatan 70 so‘m 2 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 437 so‘m 86 tiyin (9-fevraldagi kursga nisbatan 5 so‘m 41 tiyinga qimmat), 1 Rossiya rubli esa 35 so‘m 81 tiyin (9-fevraldagi kursga nisbatan 93 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)