Dog‘istonning Derbent tumanidagi politsiya postida “Lada Priora” rusumli avtomashina portlatib yuborildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, politsiya tomonidan postga kelgan mashina hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, portlash yuz bergan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir nafar politsiyasi halok bo‘lgan, uning ikki nafar hamkasbi jarohat olgan.
Huquq-tartibot organi vakilining ta’kidlashicha, avtomashinada nechta odam bo‘lganligi hozircha noma’lum. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)